Navoiyxonlik tadbirlari

Maktabda Alisher Navoiyning 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligiga bag`ishlangan tadbir , ko`rik tanlovlar o`tkazildi. Har bir sinf bu Navoiyxonlik tadbirlariga faol ishtirok etishdi.   Har bir sinfda  tadbirlar tashkil etish uchun kunlar belgilandi. 5-sinf “Vatan sog`inchida yashagan siymo“,1-sinfda “Alisherning yoshligi”, 2-sinfga “Kichkina Alisher”, 4-sinfda”Donolar bisotidan”  7-sinfda “ Qoldi andin yaxshilig”, 8-sinfda “Buyuk zotga ta`zim“, 9-sinfda “Buyuklarni yod etib”,  10-sinfda “Navoiy merosini o`rganamiz”,11-sinfda “Buyuk siymolar” mavzularida tadbirlar o`tkazildi.Sinf o`quvchilarining Navoiyxonlik tadbirlarini yuqori saviyada o`tkazganligi uchun  o`rin belgilandi. Bunga ko`ra 5-sinf  birinchi o`rin , 11-sinf ikkinchi o`rin 9-sinf uchinchi o`rinni egalladi.