“Navoiy sarchashmasi”

Maktabda  31 yanvar kuni 7-8-9-10-11 sinf o`quvchilari o`rtasida “Navoiy sarchashmasi” nomli ko`rik tanlov bo`lib o`tdi. Bu tanlovga 7-8-9-10-11 sinfdan bittadan o`quvchi qatnashdi. Tadbir ishtirokchilari 3 ta shart asosida bellashdilar.1-shart “Tanishtirish”,2-shart “Savol –javob”,3-shart “ Sahna ko`rinishi“ edi. 7-sinf o`quvchisi  Akrambayeva Sabina 8-sinf o`quvchisi Babaqulova Nargiza, 9-sinf o`quvchisi Yendibayeva Dilnoza, 10-sinf o`quvchisi Orziyeva O`g`iloy , 11-sinf o`quvchisi Egambayeva Nozimalar  uch shart bo`yicha bellashdilar. Qizlar o`zlarining bilimdonligi, zukkoligi teranligi bilan o`z bilimlarini namoyish etdilar. Ular Alisher Navoiyning asarlari, she`rlari va sahna ko`rinishlaridan lavhalar namoyish etdilar. 7-sinf 42 ball, 8-sinf 33 ball, 9-sinf 39 ball 10-sinf 30 ball 11-sinf 31 ball to`plashdi. 7-sinf o`quvchisi Akrambayeva Sabina 42 ball  to`plab birinchi o`rin, 9-sinf o`quvchisi Yendibayeva Dilnoza 39 ball to`plab ikkinchi o`rin, 8-sinf o`quvchisi Babaqulova Nargizalar 33 ball to`plab 3-o`rinni egalladi.  G`olib o`quvchilar maktab ma`muriyati tomonidan taqdirlandi.