5 tashabbus amalda

Hurmatli Prezidentimizning   yoshlarga e`tiborni kuchaytirish , ularni madaniyat san`at jismoniy tarbiya va sportga jalb etish , ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini singdirish , yoshlar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish xotin-qizlar bandligini oshirish,o`quvchilarning ta`lim va kasb–hunar egallashi uchun keng sharoit yaratish  haqidagi 5 tashabbus bo`yicha maktabda har bir tashabbus bo`yicha chora tadbir rejasi  ishlab chiqildi. Har bir  tashabbus bo`yicha turli ko`rgazma va bannerlar maktab peshtoqiga ilindi.

Birinchi tashabbus –yoshlarning musiqa rassomlik , adabiyot teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, istedodini yuzaga chiqarish boyicha 19-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida tadbir o`tkazildi. Tadbirda maktabning hamma sinf o`quvchilari faol qatnashdi. O`quvchilar bu tadbirda o`zlarining bilimlari , aktyorlik mahoratlarini ko`rsatdilar. 5-sinf “Mening o`g`rigina bolam”, 6-sinf “Sariq devni minib” 9-sinf  “Urushning so`ngi qurboni “  10-sinf  “Shum bola”    11-sinf  “Otgan kunlar”  asarlaridan lavhalar ko`rsatib o`z istedodlarini namoyon qildilar. Tadbirda faol ishtirok etgan sinflar maktab ma`muriyati tomonidan rafbatlantirildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*