Ma`naviyat soati

Maktabda  o`quvchilariga  2019 yil 22 dekabr kuni  bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  va xalq  deputatlari viloyat,shahar hamda  tuman Kengashlariga  saylovlarni  yuqori saviyada o`tkazish,shu jumladan,ulardan  birinchi marotaba ovoz beradigan yoshlarni ishtirokini ta`minlash bo`yicha  targ`ibot-tashviqot ishlarini amlga oshirish maqsadida  ma`naviyat soati tashkil etildi.O`quvchilarga saylov-demokratik ko`zgusi.Bu muhim siyosiy jarayon ekanligi tushuntirib o`tildi. Har bir fuqaro o’zining siyosiy Huquqlarini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat. Mazkur siyosiy Huquq O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va Saylov Kodeksida o’zi ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 iyundagi yangi tahrirda Qabul Qilingan Saylov kodeksining 1-moddasi fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi. Saylovchi saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo’ladi. Saylovda saylovchilar o’zlari xoHlagan nomzodga, ya’ni erkin ovoz beradilar. Saylovchilarning ovoz berishi yashirin tarzda amalga oshirilishi haqida va muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun Qolganida boshlanadi.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 3 kun qolganida tugatilishi haqida o`quvchilarga tushuncha berildi.